2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Samarqand va Farğona viloyatlarida Prezident maktablarini taşkil etiş rejalaştirilgan edi. Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligining xabar berişiça, uşbu maktablarning qurilişi töxtab qolgani yöq.

«Jizzax şahri markazidagi Olimpiya zaxiralari sport kolleji yonida, Samarqand şahrining Amir Temur, Qarşi şahrining Mustaqillik (Alişer Navoiy nomli istirohat boğiga tutaş hududda), Farğona şahrining Qaşqar, Buxoro şahrining Navoiy köçalarida prezident maktablarining qurilişi davom etmoqda.

Yangi qurilayotgan Prezident maktablarining barçasi zamonaviy uslubda, milliy va jahon me'morçiligining eng sönggi yutuqlari asosida bunyod etilmoqda. Boşqa Prezident maktablarida bölgani kabi yangi qurilayotgan ta'lim muassasalarining öquv binolari 168 öringa möljallangan.

Bu yerda yotoqxona, stadion, basseyn, yopiq va oçiq sport zallari, kutubxona, bolalar dam oliş joylari, çet eldan keladigan öqituvçilar uçun alohida mehmonxona, avtoturargoh, ota-onalar uçun kutiş joyi va faollar zali yaratiladi. Ayni paytda yurtimizda karantin qoidalari amal qilayotgan bölsa-da quruvçilar belgilangan sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan holda maktabning quriliş işlarini olib bormoqda», deya agentlik direktorining matbuot kotibi Anvar Umarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi Prezident maktablarini öquv yiliga tayyorlaş böyiça işlarni davom ettiradi.

Avvalroq pandemiya sababli joriy yilda qurib bitkaziladigan hamda amalda faoliyat körsatayotgan Prezident maktablariga öquvçilar qabuli keyingi yilga qoldirilgani ma'lum qilingan edi.

Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi direktori Sarvar Boboxöjayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda imtihonlarda şaffoflikni ta'minlaş, sinovlarni adolatli ötkaza oliş borasida qator savollar bölgani sababli Prezident maktablari imtihonlarini onlayn şaklda ötkaziş lozim deb topilmaganini aytgan edi