Vaşington BMTni Jahon soğliqni saqlaş taşkilotini 2021 yil 6 iyulda tark etişidan xabardor qildi. Bu haqda BMT boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.  

“AQŞ 2020 yil 6 iyulda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 1946 yilda ta'sis etilganda mas'ul şaxs sifatida tayinlangan BMT boş kotibini JSSTdan çiqişi haqida xabardor qildi. Bu qaror 2021 yil 6 iyuldan kuçga kiradi”, deb ma'lum qilgan Dyujarrik. 

Uning ta'kidlaşiça, BMT boş kotibi Antoniu Guterriş AQŞning JSSTdan çiqiş böyiça barça şartlarni bajarişini tekşirişi lozim.

“Bu şartlar taşkilotdan çiqiş haqida bir yil oldin xabardor qiliş va taşkilot oldidagi moliyaviy majburiyatlarni töliq uzişni öz içiga oladi”, deb ta'kidlab ötgan BMT vakili. 

Aprelda AQŞ prezidenti Donald Tramp JSSTni koronavirus tarqalişi haqidagi ma'lumotlarni yaşirişda ayblagandi va şu sababli xalqaro taşkilotga badal kiritişni töxtatişni buyurgandi.

Keyinroq Oq uy rahbari JSST 30 kun içida öz faoliyatini yaxşilamasa, unda taşkilotni moliyalaştirişni töliq töxtatiş bilan tahdid qilgan. 

Yevropa ittifoqi bu masalada JSST tomonini olgan va pandemiya vaqtida uning faoliyatini tahlil qilişni keyinroqqa qoldirişga çaqirgan.