«Aholining koronavirusga moyilligi yuqori bölgan qatlamlar haqida gapirganda quyidagi raqamlarni keltiriş mumkin. Ma'lumki, 65 yoşdan yuqori bölgan keksalardan taşqari yana ikkita nozik qatlam bor – bolalar va homiladorlar. 

Özbekistonga koronavirus kirib kelgan ötgan 5 oy davomida 3000dan oşiq homilador ayol karantinga olindi. Ularning 208 nafarida koronavirus tasdiqlandi. Virusning homilador ayolga va homilaga ta'siri xususida ma'ruza öqimasak ham böladi», degan vazir örinbosari.

Qayd etilişiça, bu vaqt davomida bir qança koronavirusga çalingan homilador ayollar farzandli bölgan.