«Kecha bizdan tergov sirini oshkor etmaslik to‘g‘risida tilxat olmoqchi bo‘lishdi, biroq biz bermadik. Faqat davlat sirini oshkor etmaslik haqida tilxat imzoladik. Lekin ishda biz davlat siriga hozircha ko‘zimiz tushgani yo‘q», — degan «Komanda 29» advokatlar jamoasi rahbari Ivan Pavlov «Eko Moskvy» radiosi efirida.
Kecha Moskvaning Lefortovo tuman sudi Safronovni 6 sentyabrgacha hibsda ushlash haqida qaror chiqardi. FXX uni NATO davlatlaridan biriga Rossiyaning harbiy hamkorligi, mudofaasi va xavfsizligiga doir davlat siri bo‘lgan ma'lumotlarni to‘plab berishda gumon qilmoqda. Davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha u 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Safronov aybini tan olmayapti.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistga olingan ma'lumotlarni AQShga uzatib turgan Chexiya maxsus xizmatlariga ishlash aybi yuklanmoqda.

















