Birlaşgan Arab Amirliklari içki işlar vazirligi koronavirusga çalinganlarni aniqlaş uçun politsiya xizmat itlaridan foydalana boşladi. Bu haqda vazirlikning Twitter ijtimoiy tarmoğida joylangan bayonotida aytilmoqda.
"Vazirlik koronavirus tarqalişining oldini olişda foydalaniş uçun politsiya itlarini şuğullantirişni muvaffaqiyatli yakunladi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, itlar ikki hafta davomida koronavirus yuqtirilgan namunalarni iskab topiş böyiça şuğullantirilgan va ular koronavirusga çalinganlarni 92 foizgaça aniqlikda topişga örgangan. Ulardan odam gavjum joylarda kasallik taşuvçilarni aniqlaşda foydalaniladi.
Bundan taşqari, BAA içki işlar vazirligi sil va bezgak kabi xavfli kasalliklarga çalinganlarni aniqlaşda ham itlardan foydalanişga ruxsat berdi.
Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, BAAda koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 53 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 327 kişi vafot etgan.












