«Ayni paytda kasallik yuqtirayotganlarning uçdan ikki qismi erkaklar, uçdan bir qismi ayollar hisoblanadi. Bu organizmdagi xromosomalarning tuzilişi bilan boğliq. Xromosomalar esa immun tizimiga ta'sir körsatadi.

Lekin hozirgi ma'lumotlarga köra, koronavirus infeksiyasi xotin-qizlarda bepuştlik çaqirişi ehtimoli başorat qilinmoqda», dedi Anvar Alimov.

Şuningdek, şifokorning ma'lum qilişiça, koronavirus infeksiyasi negroid va yevropoid irqiga mansub odamlarda odatiy holatdan 2-2,5 barobar oğirroq keçişi statistik ma'lumotlar orqali tasdiqlangan. Osiyoliklarda esa kasallikning ötiş darajasi 2 marta pastligi kuzatilmoqda.

«Özbekistonda ham kasallikning nisbatan yengil keçişi, ölim körsatkiçlarining boşqa davlatlar bilan soliştirganda pastligi millatning fenotopik va genotopik xususiyatlariga ham boğliq», deya qayd etdi şifokor.

Koronavirus yuqtirgan şaxsda, dastlab, qanday belgilar paydo bölişi va bu holatda fuqarolar qanday yöl tutişi lozimligi haqida ma'lumot berildi.

«Koronavirusning birinçi namoyon böladigan asosiy simptomlaridan biri hid bilişning özgarişi hisoblanadi. Bu kasallik yuqtiradigan odamlardan taxminan 10 foizida kuzatiladi. Ta'm biliş qobiliyati ham sustlaşadi. Sababi virus tanaga tuşgaç, birinçi navbatda oğiz va burun böşliğida joylaşadi. Hid va ta'm biliş retseptorlariga ta'sir körsatadi. Keyinroq umumiy muşaklar oğriği va holsizlaniş ham kuzatiladi. Köz qizarişi va quruq yötal paydo bölişi mumkin», deydi şifokor.

Anvar Alimovning ma'lum qilişiça, koronavirus ham ötkir respiratorli infeksiya turlaridan biri va u organizmga tuşgaç, tana harorati kötariladi. Tana harorati kötarilişi kasallik alomatlari boşlanişining 5-6-kuniga töğri keladi va organizmning virus bilan kuraşayotganini körsatadi.

Tibbiyot fanlari doktori bu kabi belgilar sezila boşlagaç, albatta, şifokorga murojaat qiliş lozimligini ta'kidladi. Sababi hid, ta'm biliş qobiliyatining susayişi, muşaklarda oğriq va tana harorati 99 foiz holatda koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemorlarda kuzatiladigan holat hisoblanadi va boşqa virusli infeksiyalar uçun umumiy hisoblanmaydi.

«Bundan taşqari, koronavirus infeksiyasi ingiçka içakka ham ta'sir qilişi va zararlangan odamda diareya kuzatilişi mumkin. Ayollarga, ayniqsa, homiladorlar uçun koronavirus salbiy bölişi mumkin. Sababi virusga qarşi dorilar bola rivojlanişiga ta'sir körsatadi.

Birinçi navbatda, şaxs koronavirusning ilk alomatlarni sezgaç özini izolyatsiya qilişi, agar tahlil topşirgan, lekin hali javobi çiqmagan bölsa, umumiy virusga qarşi tabletkalar içişi mumkin. Eng avvalo, immunitetni kötarişga yordam beradigan oziq-ovqatlar va vitaminlar iste'mol qiliş foydali», dedi Anvar Alimov.