Soligorsk shahri jamoasi 23 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Yaxshiboyev yangi jamoasi safida 22 raqamli futbolkada to‘p suradi.

Yaxshiboyev «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Mavsumning dastlabki qismini u «Energetik-BGU» klubida o‘tkazdi va Belarus chempionatida 14ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urib, 3ta golga hammualliflik qildi. 

Soligorskning «Shaxtyor» klubi Belarus chempionatining 16 turidan keyin 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.