«Şu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 18 nafar, Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğaydi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Bundan avval Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar berilgandi.
Şunday qilib, ayni paytgaça Toşkent şahri va viloyatida koronavirusdan tuzalganlar soni 4 652 nafarni taşkil qilmoqda.
Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan foriğ bölganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida 298 nafarga, Buxoro viloyatida 518 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat böylab kasallikdan soğayib çiqqanlar soni 7287 nafarni taşkil etmoqda.
Bugun hozirça 355ta yangi holat qayd etildi, 4 bemor vafot etdi. Ayni vaqtda şifoxonalarda 4110 bemor davolanmoqda.












