Şanba kuni Özbekistonda havo biroz özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Toşkent, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi va momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Özgidromet xabariga köra, Şarqiy Qozoğistondan kirayotgan biroz salqin havo oqimi Özbekistonda kunduzgi haroratning pasayişiga olib keldi. Hafta oxirida kunduzi havo harorati 32–35 darajani, Respublika şimoli, janubi va çöl zonasida esa 37–39 darajani taşkil qiladi. Tungi harorat 19–24 daraja atrofida saqlanib qoladi. Ayrim joylarda şamolning tezligi sekundiga 15−20 metrga kuçayişi mumkin.
Yakşanba kuni Özbekistonning tekislik hududida ob-havo quruq va oçiq böladi, faqat respublikaning toğli tumanlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
Nisbatan salqin havo oqimi ta'siri yakşanba kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati keçasi 19–24 daraja atrofida, kunduzi 32–37 daraja böladi, mamlakat janubi va çöl zonasida 39 darajagaça isiydi. Sinoptiklar bunday haroratlar kunning iqlimiy me'yorlariga yaqinligini ta'kidlaşgan.












