Kun.uz uşbu masalaga aniqlik kiritiş maqsadida Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati bilan boğlandi. 

Ma'lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 avgustdagi 670-F-sonli Farmoyişiga muvofiq, Çilonzor tumanida joylaşgan umumiy yer maydoni 13,99 gektar bölgan «Ğafur Ğulom» nomidagi madaniyat va istirohat boği Singapurning «BMP Smart Decision Private Limited» kompaniyasiga boğni rekonstruksiya qiliş orqali poytaxt aholisi va mehmonlarining madaniy hordiq çiqarişlari uçun qulay bölgan zamonaviy köngiloçar maskanga aylantiriş uçun ijara huquqi asosida 49 yil muddatga ajratib berilgan.

Kompaniya uşbu boğni zamonaviy körinişga keltiriş uçun 2019-2022 yillarda jami 10 mln dollar töğridan töğri xorijiy investitsiya kiritiş majburiyatini öz zimmasiga olgan.

Kiritiriladigan investitsiyalar natijasida:

  • köngiloçar maskanga taşrif buyuruvçilarning yoşi va ijtimoiy holati inobatga olinib, bolalar uçun 15ta, oilaviy dam oluvçilar uçun 20ta, ekstremal hordiq çiqarişni xuş köruvçilar uçun 10ta, umumiy hisobda 45ta turli attraksionlar barpo etilişi;
  • jami 300 öringa möljallangan 2ta amfiteatr qurilişi;
  • taşrif buyuruvçi bolali oilalar uçun qisqa muddatli bolalar boğçasi, bolalarning tantanali tadbirlarini ötkaziş inşootlari, rangli suratlar aks ettirilgan kartografik favvora, xorijiy va mahalliy adabiyotlar bilan boyitilgan hamda şinam öquv zaliga ega bölgan kutubxona, kattalar va bolalar uçun maxsus texnik vositalarga ega sport maydonçalari, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, qişki yopiq dam oliş markazi, şuningdek, mavjud köl atrofida yuguriş yölakçalari taşkil etilişi aytiladi. Ta'kidlanişiça, investorga loyihadan çetlaşib, köngiloçar maskanga taalluqli bölmagan bino-inşootlar qurilişi kuzatilsa, şu zahoti şartnoma bekor qilinişi haqida şart qöyilgan.

«Boğ hududi töliq rekonstruksiya qilinişi va yangilanişi natijasida bir kunda 10 ming nafardan ortiq taşrif buyuruvçilarga zamon talablari darajasida xizmatlar körsatiş imkoniyati yaratiladi. 

Rekonstruksiya işlari olib borilişi jarayonida boğdagi daraxtlarga umuman ziyon yetkazilmaydi. Aksinça yangi turdagi daraxtlar ekilişi hisobiga boğning yaşillik darajasi ortadi.

Ötgan yil oxiri-joriy yil boşida ayrim ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan «boğ turar-joy quruvçi kompaniyaga berib yuborilyapti, boğ hududidagi daraxtlar kesib yuboriladi» mazmunidagi ma'lumotlar sababli vujudga kelgan noroziliklar ortidan aholi va boğ hududida faoliyat yurituvçi tadbirkorlar bilan şahar va tuman hokimliklari tomonidan ötkazilgan uçraşuvlarda ularga haqiqiy holat tuşuntirilgan va kelişuvga erişilgan», deyiladi hokimlik matbuot xizmati Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotda.