Tramp Oq uyda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorni qabul qildi. Bu ikki prezidentning ilk uçraşuvi böldi.
Ikki yetakçining uçraşuvi AQŞ, Meksika va Kanada örtasidagi yangi savdo kelişuvi – USMCA’ni imzolaş doirasida ötgan. Uşbu kelişuv iyul boşidan kuçga kirgan. Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Vaşingtonga kelişdan boş tortgan va şu sababli uçraşuv ikki tomonlama köriniş olgan.
Tramp jurnalistlar oldidagi nutqida AQŞ va Meksikaning hozirgi munosabatlarini “misli körilmagan darajada” deb atagan va ular “heç qaçon hozirgidan köra yaqinroq bölmaganini” ta'kidlab ötgan. U Meksika prezidentini maqtab, uni “qat'iyatli muzokaraçi” deb atagan.
Öz navbatida Lopes Obrador Trampga tuşunganlik uçun minnatdorlik bildirgan va AQŞ “Meksikaga mustamlaka kabi qaramagani”ni ta'kidlab ötgan.
Siz mustaqil millat sifatida bizning şartni bajardingiz. Men bu yerda bölganimning sababi ham şu: AQŞ prezidenti bizga hurmat va mehr bilan munosabatda bölgani uçun AQŞ xalqiga minnatdorlik bildiriş”, deb aytgan Meksika prezidenti.
Trampning ta'kidlaşiça, Tryudo bilan uçraşuv keyinroq bölib ötadi.












