“Menimça, niqobni ma'lum bir şaroitlarda taqiş kerak. Men Uolter Rid nomidagi gospitalga bormoqçiman, u yerda jarohatlangan hamda koronavirus bilan boğliq muhim işlarni amalga oşirayotgan harbiylarimiz davolanmoqda. Men uşbu şifoxonaga borganimda niqob taqişim kerak böladi, men buni töğri deb hisoblayman. Şu bilan birga, seni doimiy ravişda tekşirişganida, atrofingdagilar ham doimiy ravişda tekşirib turilganida va ijtimoiy masofani saqlaganida zarurat yöq, deb öylayman”, - degan prezident Tramp.

Trampning qöşimça qilişiça, u niqob taqişda muammoga duç kelmaydi, biroq uni zaruriy şart-şaroitlarda taqiş kerak. “Odatda men boşqalardan uzoqda bölaman va atrofimdagilar doimiy ravişda tekşirib turiladi”, - deya ta'kidlagan Oq uy rahbari.

Prezident Tramp niqob taqmaganligi uçun siyosiy raqiblari tomonidan bir neça bor tanqid qilingan edi. Ularga köra, Tramp jamoat tadbirlarda niqobsiz körinişi orqali fuqarolarga yomon namuna bölmoqda.