Gretsiyaning Lemnos orolida olib borilgan qazilma işlari davomida yoşi 20 mln yilga teng bölgan toşga aylangan daraxt aniqlandi.

Bu topilma haqida qisqaça hisobot Tabiiy tarix muzeyining “Lesbosdagi toşga aylangan örmon” loyihasi saytida taqdim qilingan. Avvalroq olimlar aynan Lesbos orolida toşqotgan örmonning köplab qoldiqlarini aniqlaşgan. Biroq yangi topilma qöşni Lemnos orolida aniqlangan.

Qazilmalar Varos qişloğida olib borilgan. Ayni vaqtda qazilma işlarining birinçi bosqiçi yakunlangan bölsa-da, u 8 metrdan uzunroq bölgan toşga aylangan daraxt tanasini aniqlaşga imkon bergan.  

Ta'kidlanişiça, topilgan daraxt hamon yoğoç xususiyatlarini saqlab qolgan bölib, uning şoxlari oxirlari umuman a'lo darajada saqlangan. Bu 20 mln yil avval örmonda ösgan ulkan ignabargli daraxt bölgan. Olimlarning taxminiça, u AQŞda ösuvçi zamonaviy sekvoya daraxtining ajdodi hisoblanadi.

Olimlarning ta'kidlaşiça, daraxt tanasining pöstloği va içki halqalari yaxşi saqlanib qolgan. Yaqin orada daraxtning içki strukturasini elektron mikroskop yordamida örganiş rejalaştirilgan. Bu ösimlikning oilasi va turini aniqlaşga yordam beradi.

Lesbos va Lemnos orollaridagi toşqotgan örmonlar tabiiy sabablarga köra yaxşi saqlanib qolgan. Bu yerda 20 mln yil avval vulqon faolligi yuqori bölgan. Vulqon otilişlari örmonlarni vulqon çökindilari tagida “konservatsiya qiliş”ga yordam bergan.

Ta'kidlanişiça, toş qotgan köplab daraxtlar ikki orol orasidagi dengiz tubida joylaşgan. Şu sababli quruqlikda aniqlangan bu topilma olimlar uçun katta omad bölgan. Qazilma işlarining ikkinçi bosqiçida ulkan daraxtni töliq qazib oliş rejalaştirilgan.