«2017–2021 yillarda içimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantiriş hamda modernizatsiya qiliş dasturi töğrisida»gi prezident qaroriga asosan «Koson tumani markazi hamda Kitob–Şahrisabz yerosti suv konidan suv oliş quvuriga yaqin bölgan qişloq aholi punktlarining suv ta'minoti tizimini rekonstruksiya qiliş» loyihasi işlab çiqilgan.
Koson tuman hokimligining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur loyiha amalga oşirilgaç, 90 ming aholiga içimlik suvi yetib boradi. Şu tarzda tumanda içimlik suvi bilan ta'minlaniş darajasi 75 foizga yetadi. Tumanda «Markaziy», «5-mitti tumani», «Pudina», «Şerbek» va «Uşoqtepa» suv töplaş va uzatiş inşootlari, 61 km magistral va içki içimlik suv tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi hamda 112,4 km yangi tarmoqlar quriladi.
Uşbu loyihani Saudiya rivojlantiriş fondi va xalqaro OPeK jamğarmalari hisobidan 2023 yilgaça töliq amalga oşiriş közda tutilgan. OPeK Xalqaro Taraqqiyot Jamğarmasi va «Kommunxizmat» agentligi, Qaşqadaryo viloyat hokimligi, «Qaşqadaryo suv ta'minoti» MÇJ bilan tomonlar örtasida bitim imzolangan.

















