“Mening koronavirusga tahlilim musbat çiqdi, şu sababli şifoxonaga ötkazildim. Oilam va xodimlarimiz ham tahlillar topşirişdi va natijalarni kutişmoqda. Men bilan oxirgi 10 kun yaqin muloqotda bölganlar, iltimos, siz ham tahlil topşiring!”, deb yozgan 77 yoşli aktyor Twitter’da.
Şundan bir neça soat ötib 44 yoşli Abxişek Baççan ham koronavirusga çalinganini ma'lum qilgan. U ham yengil alomatlar bilan şifoxonaga joylaştirilgan. Uning ta'kidlaşiça, vahima qilişga sabab yöq.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari va barça muxlislar ota-bola aktyorlarga tezroq soğayib ketişni tilab qolişgan.
Bollivud afsonasi Amitabx Baççan 180 dan köproq filmda suratga tuşgan. Aktyor “hind Oskari” deb ataluvçi Filmfare Awards mukofotining 15 karra sovrindori hisoblanadi. Bundan taşqari, u 14 yildan beri “Kim millioner bölişni istaydi?” teleşousining hind variantiga boşlovçilik qiladi va BMTning köngilli vakili hisoblanadi.
Avvalroq Hindiston koronavirusga çalinganlar soni böyiça dunyoda AQŞ va Braziliyadan keyin 3-öringa çiqib olgani ma'lum qilingandi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatda virusga çalinganlar soni 850 mingdan oşib ketdi, undan vafot etganlar soni 22 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.












