Mahmudjon Tojiboyev 1957 yilda Farğona viloyati Quva tumanida tuğilgan. 1984 yilda Toşkent konservatoriyasini tugatgan.

U qöşiq aytişni dastlab E. Mamatov, Ğ. Hojiqulovdan, keyinçalik xofizlik an'analarini O. Otaxonov, O. Alimahsumov, O. Hotamov va F. Mamadaliyevdan özlaştirgan, sozandalik sirlarini esa T. Alimatovdan örgangan.

Mahmudjon Tojiboyev 1984 yildan Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli yakkaxoni. 2000 yildan esa Özbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti sifatida faoliyat körsatgan. 2000 yildan Özbekiston xalq hofizi.

Ijodkor repertuaridan Şaşmaqom («Saraxbori Navo», «Saraxbori Dugoh», «Möğulçai Segoh», «Navrözi Sabo», «Nimçöponiy» va boşqalar) va Farğona-Toşkent maqom yöllari («Dugoh», «Çorgoh», «Uşşoq», «Şahnozi Gulyor», «Bayot» va boşqalar), katta aşula («Yovvoyi Çorgoh», «Yolğiz», «Yey dilbari jononim» kabi), mumtoz («Topmadim», «Asiriy» va «Ldoiy», «Çorzarb», «Bozurgoniy») örin olgan.

Keng diapazonli ovoz sohibining ijodiy repertuarida şuningdek, XX asr bastakorlari («Keldik», «Nazzora qil», K. Jabborov: «Kezarman», F. Toşmatov: «Jonim erursan», M. Murtazoyev: «Dilrabolar», O. Nuriddinov: «Bu oqşom», O. Hotamov va boşqalar) asarlari örin olgan.

Mahmudjon Tojiboyev şoirnafas hofiz sifatida ijro uslubi vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va çolğu mutanosibligi bilan ajralib turgan. 

Marhum ijodkor Osiyo, Amerika, Yevropa va Şimoliy Afrika mamlakatlarida gastrollarda bölgan. 1987 yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqom ijroçilari tanlovi ğolibi bölgan.

Kun.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.