Bokuda ma'lum qilinişiça, Armaniston qurolli kuçlari çegaraning Tovuz tumanidagi qismida öt oçiş rejimini buzgan. “12 iyul tuş vaqtidan boşlab Armaniston qurolli kuçlari bölinmalari artilleriya qurilmalaridan pozitsiyalarimizni öqqa tutdi. Ikkala tomondan ham yöqotişlar bor”, deb ma'lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida. Boku tomonidan 2 harbiy halok bölgan, 5 harbiy yaralangan. 

“Raqib yöqotişga uçradi va çekindi”, deb ma'lum qilingan öz navbatida Armanistonda. Yerevanda ta'kidlanişiça, çegara Ozarboyjon tomondan buzilgan. 

“Ozarboyjon qurolli kuçlari xizmatçilari bizga tuşunarsiz sabablarga köra UAZ avtomobilida Tovuz yönalişida davlat çegarasini buzişga uriniş amalga oşirdi. Armaniston tomonining ogohlantirişidan keyin raqib harbiylari avtomobilni taşlab, öz pozitsiyalariga qaytgan”, deyilgan Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.

Biroq Yerevanning ta'kidlaşiça, şundan keyin Ozarboyjon harbiylari artilleriya qurolidan öt oçib, Armanistondagi tayanç punktni egallab olişga harakat qilgan.