Sotilişi taqiqlangan mahsulotlar içida alkogol ham bor. Şuningdek, 13 iyuldan mamlakatda kommendantlik soati joriy etiladi. Odamlarga 21:00dan 04:00gaça uydan çiqiş taqiqlanadi. Köçalarda niqobda yuriş majburiy böladi va favqulodda holat rejimi 15 avgustgaça uzaytiriladi.
Fuqarolarga murojaat qilgan mamlakat prezidenti davlat koronavirusga qarşi qölidan kelganiça kuraşayotganini ta'kidlab, ba'zi fuqarolarning harakatlarini qoraladi. Prezident karantin vaqtida ham bazm va ziyofat uyuştirayotganlar, jamoat joylarida niqobsiz yurganlar virus tarqalişiga sababçi bölayotganini aytdi.
Prezident Ramafosa alkogol mahsulotlariga kiritilgan çeklovni alohida izohladi. Uning aytişiça, hukumat şu orqali tibbiyot tizimiga tuşadigan bosimni kamaytirişni maqsad qilgan. Mutaxassislar alkogol içimliklarining sotilmasligi odamlar örtasidagi janjallar, uydagi zöravonlik va yoppasiga mast holatda köçada yurişning oldini olişini hisoblaşgan.
Koronavirusga qarşi çoralar doirasida oldin ham JARda alkogol içimliklar savdosi taqiqlangan, politsiya va şifokorlar bu tez tibbiy yordamga bölgan çaqiruvlarni kamaytirganini ma'lum qilgandi. Pivaxona va vino işlab çiqaruvçilar esa hukumatni ularning biznesini «öldirganlikda» ayblagan.
Jon Hopkins instituti hisob-kitoblariga köra, bugungi kungaça JARda 276 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan va 4 mingdan ortiq odam virus qurboniga aylangan.













