Bundan bir oy avval Onless.uz - avtomaktablar uchun onlayn dars o‘tish platformasi taqdim etildi. Ushbu dastur qisqa fursatda Buxoro, Andijon, Xorazm, Samarqand, Toshkent, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahridagi, umumiy hisobda 50dan ortiq avtomaktablarga o‘rnatildi.
Dasturning eng muhim xususiyatlari haqida qisqacha eslatib o‘tmoqchimiz:
- Dasturni aldab bo‘lmaydi, o‘quvchi videodarsni to‘liq ko‘rib, yakunlamasa, dars ko‘rilgan hisoblanmaydi.
- Dasturga har kuni kirishning majburiy emasligi: O‘quvchining har kuni vaqti yoki trafigi bo‘lmasa, 2-3 kunda bir marotaba kirib, 2-3ta darsni ko‘rib, testlarni yechishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchini doimiy darsga qatnashishini so‘rab, majburlash shart emas.
- Dasturda SMS xabarnoma tizimi ham mavjud bo‘lib, o‘quvchiga login va paroli avtomatik SMS bo‘lib boradi.
- Dastur o‘quvchilar trafik sarfini tejash xususiyatiga ega.
- Dasturda darslar Onless.uz jamoasi tomonidan qo‘yib boriladi.
- Dasturga barcha yo‘l belgilari to‘liq kiritilgan

- Dastur Telegram messendjyeridagi Onless.uz guruhi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, o‘quvchida qandaydir savol tug‘ilsa, guruhga murojaat etishi mumkin. Telegramda yozilgan xabarlar tizimda ham aks etib boradi.

- va boshqa funksiyalar mavjud.
Bundan tashqari, tizimda imtihon uchun 700talik test savollari ham tayyorlanayotganligi alohida diqqatga sazovor. O‘quvchi tizim orqali barcha testlarni to‘liq yechishni o‘rganib boradi. O‘quvchi tushunmagan savollariga Onless.uz yordam guruhidan yoki o‘z avtomaktabi o‘qituvchilaridan tushuntirish olishi mumkin.

Eng muhimi, testlar ham boshqa funksiyalar singari telefonga moslashish qobiliyatiga ega.



















