Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi bir nechta kodekslarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni ko‘rib chiqmoqda.

Qonun bilan, quyidagi huquqbuzarliklar Jinoyat kodeksiga kiritilishi mumkin:

  • transport vositasini takroran mast holda boshqarish (sanksiyasi – 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish)
  • avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek imtihon o‘tkazish va haydovchilik guvohnomasini berish tartibini buzish;
  • transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi;
  • siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish.

Shuningdek, transportda bezorilik, ya’ni ayrim haydovchilar tomonidan boshqarish madaniyatiga rioya qilmay, transport vositasini keskin boshqarish va boshqa harakatlarda ifodalangan “agressiv boshqarish”, “drift”, “shaxmat” shaklida harakatlanish, yo‘llarda to‘siqlarni paydo qilish kabi qoidabuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Bu qonunda haydovchilarga qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etilishi ham ko‘zda tutilgan. Lekin Senat matbuot xizmati xabarida bu masala tilga olinmagan.

Qonunda, shuningdek, huquqni muhofaza organ xodimlarining tasvirlarini ularni obro‘sizlantirish maqsadida internetda tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilishi ham ko‘zda tutilgan. Jamoatchilik tanqidlariga sabab bo‘layotgan bu norma, Senat axborotida aytilishicha, rivojlangan davlatlar qonunchiligida ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Qonunchilik palatasi ushbu qonunni 2023 yil noyabr oyida