Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda “X.A.” NTT avtomaktabi xodimi G.U. fuqaro J.M.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan “V, S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










