2020 yilning 1 iyul holatiga röyxatdan ötgan oilaviy korxonalar soni 38,4 mingni taşkil qilgan. Bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 15,5 mingga yoki 167,7 foizga köproq demakdir.

Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning soni nisbatan kamroq, ammo baribir oşgani qayd etilgan. Xususan, 1 iyul holatiga ularning miqdori 35,9 mingga yetgan. Bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 13,8 mingga yoki 162,7 foizga köproq demakdir.

2020 yil yanvar – iyun oylarida 9,8 mingta oilaviy korxona yangidan taşkil qilingan. Bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 3 mingga yoki 143,1 foizga köproq demakdir.

2020 yil 1 iyul holatiga Samarqand viloyati oilaviy korxonalar soni böyiça peşqadam bölib turibdi – 5440ta. Keyingi örinlarda Surxondaryo (4140) va Farğona (3916) viloyatlari boryapti. Oilaviy korxonalarning eng kam miqdori Sirdaryo viloyatida röyxatdan ötgan – 281ta.

Qöşimça qiliş joizki, oilaviy korxonalar faoliyati «Oilaviy tadbirkorlik töğrisida»gi qonun bilan tartibga solinadi.

Unda «oilaviy korxona - uning iştirokçilari tomonidan tovarlar işlab çiqariş va realizatsiya qiliş uçun ixtiyoriy asosda, iştirokçilarning uluşli yoki umumiy mol-mulk, şuningdek iştirokçilardan har birining mol-mulki negizida taşkil etiladigan kiçik tadbirkorlik sub'yekti» ekani körsatilgan.