70 yoşli Mavludaxon hoji ona xonadondagi mö’jaz qöyxonada doimiy ravişda 20 boş qöçqor parvarişlab keladi.

Qöyxona qöçqorlarni boqiş uçun zarur şaroitlarga ega holda qurilgan ekan. Ikkitadan qöy siğadigan kabinasifat qöralar jonivorlarning yem-ozuqa yeyişi, suv içişi, bemalol harakatlana olişi uçun qulay qilib qurilgan.

Qöy qiylarining hidi qöşnilarga ozor bermasligi hisobga olinib, qöra tomidan 5 metrlik havo tozalagiçlar ham örnatilgan.

Qöyning kunlik axlati qöra ostidan oqib, göngxonaga tuşadi. Şuning uçun qöyxonada öziga xos hidni sezmaysiz. Durkun qöçqorlar Qurbon hayiti yaqinlaşib qolganini yodingizga soladi.

“Qöy juda ajoyib jonivor. Tong sahar turib qöraga kirganimda hammasi turib salom beradi. Buni körib kayfiyatim kötariladi. Jonivorlarning pokizaligini ayting...

Oilamiz 8 yildan beri mana şu iş bilan şuğullanadi. Bir kunda qöylarga 2-4 kilodan yem, öt-xaşak beramiz. Uyda farzandlarim, nevaralarim davlat işlarida işlaydi. Işga ketişdan oldin qöylardan xabar olib, parvarişlaşadi. Men ularga boş bölib, yem-suvi vaqtida berilişini nazorat qilib turaman.

Xonadonimiz daromadi mana şu qöylardan. Şu qöçqorlarning orqasidan uy-joy qildik, men Hajga borib keldim, töylar qilyapmiz. Mehnat qilgan kam bölmaydi ekan. Qişloğimiz odamlariga ham qöy boqişni tinmay tarğib qilaman. Hozir atrofimizda qöy boqadigan köpayib qoldi”, deydi Mavludaxon Umrzoqova.

Hoji onaning qöçqorlari heç bozorga çiqmagan. Sababi, sifatli boqilgan qöy va novvoslarni xaridori joyidan olib ketadi. Onaning turmuşga çiqqan qizlari undan ötib ketibdi. Katta qizi xonadonida 40 boşdan ortiq qöçqor boqar ekan.