Özbekistonda ayrim turdagi iste’molçilar elektr energiyasi uçun qaysi tarif guruhiga asosan tölov qilişni özlari tanlaydigan böldi.

Hukumat qaroriga asosan, 2024 yil 1 oktyabrdan boşlab, quyidagi iste’molçilarga elektr energiyasi uçun öz ixtiyoriga köra II yoki III tarif guruhlarida tölov qilişga ruxsat beriladi:

  • oilaviy korxonalar;
  • hunarmandlar;
  • diniy taşkilotlar;
  • yotoqxonalar;
  • uy-joy mulkdorlari şirkati hamda köp kvartirali uyni boşqaruvçi taşkilotlar

Bunda, uşbu iste’molçilarga berilgan soliq va boşqa imtiyozlar saqlab qolinadi. Iste’molçilar hisobot oyi boşlanguniga qadar elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilişlari zarur.

II tarif guruhiga aksariyat yuridik şaxslar, III tarif guruhiga esa aholi xonadonlari kiradi.

Qarorga köra, yoqilği-energetika resurslarini iqtisod qiliş rejalari bajarilişini ta’minlagan hamda huquqbuzarlikka qarşi kuraşiş faoliyatini samarali taşkil etgan prokuratura organlari xodimlari Boş prokuraturaning rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan har oyda xodim iş haqining 50 foizi miqdorida rağbatlantiriladi.

Yoqilği-energetika resurslaridan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq qoidabuzarliklar böyiça undirilgan zarar summasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energoinspeksiyaning maxsus maqsadli hisobvarağiga kelib tuşgan qismidan 20 foizi noqonuniy foydalaniş holatini foş etişda taşabbus körsatgan organga hamda 10 foizi Boş prokuraturaning rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltiriladi.

Bu qoida 2024 yil 1 oktyabrga qadar aniqlangan noqonuniy holatlarga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanadigan taqsimot proporsiyasiga muvofiq tuşadigan mablağlarga nisbatan tatbiq etilmaydi