Şu yilning 10 iyul kuni Samarqand şahri IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 38 yoşli U.D. 0,59 gramm naşa giyohvandlik vositasini 500 ming sömga sotgan vaqtida uşlangan. Tadbirda işlatilgan 250 ming söm pul xolislar iştirokida aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirib olingan.

Holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (köp miqdorda giyohvandlik vositasini ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. U.D.ga ayb e'lon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Ammo, dastlabki tergov jarayonida U.D. koronavirus bilan zararlangani aniqlanib, unga nisbatan qöllangan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi «munosib xulq-atvorda böliş haqidagi tilxat» bilan almaştirilgan. U.D. zudlik bilan karantinga olindi, deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.