Ön yoşgaça bölgan bolalarning COVID-19ga çaliniş ehtimoli kam va kasallikni yengil ötkazadi. Bu haqda JSSTning favqulodda kasalliklar bölimi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove ma'lum qildi.

"Qator mamlakatlarda kasallikka çalinganlarning 1dan 3 foizgaça qismini bolalar taşkil etadi. Tadqiqotlarda bolalarda virusga nisbatan antitanalar borligi ma'lum böldi, hozirda yana bir neçta tadqiqotlar ötkazilmoqda. Bu tadqiqotlarda 10 yoşgaça bölgan bolalarning kasallik yuqtiriş darajasi pastligini, 10 yoşdan katta bolalarda esa xuddi ösmirlar va 20 yoşdan kattalardagi kabi yuqoriligini körmoqdamiz. Bu esa yoş bolalar kasallik yuqtirganida u yengil ötişini anglatadi", - dedi u.

Uning sözlariga köra, ayni paytda virus bolalar orasida yuqişi borasida tadqiqot ötkaziş zarur.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, dunyo böyiça koronavirus yuqtirganlar soni 13,1 milliondan oşgan, 573,3 mingdan ortiq kişi vafot etgan.