Qisman tan olingan Kosovo Respublikasi prezidenti Hoşim Taçi tergov beriş uçun Haagaga keldi: u harbiy jinoyatlar va mustaqillik uçun uruş vaqtida insoniyatga qarşi jinoyatlarda ayblanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Tergovçilar bilan suhbat boşlaşdan oldin u jurnalistlarga qisqa intervyu berdi.

«Heç kim tarixni qaytadan yozolmaydi... Bu sen ozodlik uçun tölaydigan baho», — deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.

24 iyun kuni Kosovodagi harbiy jinoyatlarni tergov qiliş böyiça Haaga tribunalida Taçi yuzta qotillikda hamda köplab qiynoqlar, odam öğirlaş va ta'qiblarda gumon qilinayotgani aytilgandi. 

Hoşim Taçi – Serbiyadan mustaqil böliş uçun kuraşgan Kosovo ozodlik armiyasi asosçisi. U 2016 yil boşida respublika prezidenti bölgan. 1998-1999 yillardagi uruş harakatlari natijasida sobiq Yugoslaviya hududida 10 mingdan ortiq kişi halok bölgan.