Liviya parlamenti – vakillar palatasi Misr qurolli kuçlariga Liviya ixtilofiga aralaşişga ruxsat berdi. Bu haqda Xalifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi bilan hamkorlik qiluvçi parlament saytida ma'lum qilingan.
“Biz bosqinçi ustidan ğalaba qozonişni ta'minlaş va mamlakatimiz hamda mintaqamizdagi xavfsizlik va barqarorlikni saqlab qoliş uçun ikki qardoş xalq örtasidagi birgalikdagi sa'y-harakatlarga çaqiramiz”, deb aytilgan parlament bayonotida. Parlament Misr “ikki davlat xavfsizligiga muqarrar xavfni körsa”, ixtilofga aralaşişi lozim, deb hisoblamoqda.
Liviya parlamentida Turkiya mamlakatdagi işlarga aralaşayotgani, Liviya suvereniteti esa “mamlakat ğarbini nazorat qiluvçi qurolli ayirmaçilar va ular böysunuvçi hokimiyat ma'qullovi” bilan buzilayotgani ta'kidlab ötilgan.
Ayni vaqtda Liviya ğarbida BMT va Yevropa ittifoqi qöllab-quvvatlovida şakllantirilgan Milliy kelişuv hukumati harakat qiladi. Milliy kelişuv hukumati va Liviya milliy armiyasi örtasidagi qarama-qarşilik 2011 yildan beri davom etib keladi. 2019 yildan beri Haftar kuçlari mamlakat poytaxti Tripoli ustidan nazoratni qölga olişga harakat qilib keladi. Bu ixtilofda Misr BAA bilan Haftarni, Turkiya esa Fayoz Sarroj boşçiligidagi Milliy kelişuv hukumatini qöllab-quvvatlab keladi.
Iyun oxirida Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisiy Qohiraning Liviya ixtilofiga har qanday aralaşuvi qonuniy maqomga ega bölişini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, bu huquq Misr çegaralarini terrorçi guruhlardan himoyalaş, Liviyadagi qon tökilişiga çek qöyiş va u yerda BMT rahnamoligida siyosiy jarayonni boşlaş böyiça sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaş zarurligiga asoslangan.














