AQŞ, Britaniya, Daniya, Niderlandiya, Germaniya va boşqa davlatlarda yaşovçi 83 nafar millioner öz davlatlari hukumatlaridan özlari va boşqa badavlat odamlar uçun soliq miqdorini oşirişni iltimos qilib, oçiq maktub imzoladi. Ularning ta'kidlaşiça, soliqlar oşirilişidan olinadigan qöşimça mablağlar koronavirusga qarşi kuraşga va uning oqibatlarini bartaraf etişga yönaltirilişi lozim.
Maktub mualliflarining ta'kidlaşiça, pandemiya oqibatlari kelgusida yana yarim milliard kişining noçorligiga, yuz millionlab kişilarning işsiz qolişiga olib keladi. Bu yerda oddiy xayriya bilan iş bitmaydi, mablağlar yiğilişi va taqsimlanişi bilan hukumatlar şuğullanmoği lozim.
“Millionerlar insoniyat uçun” (Millioners for Humanity) deb nom olgan maktubda ta'kidlanişiça, badavlat odamlar uçun progressiv soliq stavkasi kiritiş dunyoni “davolaş” uçun “öta muhim rolni bajariş”ga imkon beradi.
“Biz intensiv terapiya palatalaridagi bemorlar haqida qayğurmaymiz. Biz kasallarni şifoxonaga yetkaziş uçun tez yordam maşinalarini haydamaymiz. Biz dökonlarni oziq-ovqat zaxiralari bilan töldirmaymiz va ularni eşikkaça yetkazmaymiz. Biroq bizda pul, juda köp pul bor. Bu pullar hozir va keyinroq juda zarur böladi”, deyilgan millionerlar murojaatida. Ularning ta'kidlaşiça, ular uçun soliqlar oşirilişi “yagona töğri tanlov” böladi.
Bundan taşqari, koronavirus butun dunyo böylab soğliqni saqlaş tizimining yetarliça moliyalaştirilmasligi muammosini ayon qildi. Millionerlar buni ulardagi ortiqça pullarni olib töğrilaşni taklif qilişmoqda.
“Biz bu global kuraşning old saflarida işlayotganlar oldida qarzdormiz. Köplab asosiy işçilarga ular gardaniga tuşgan yukka mos pul tölanmaydi. Biz dunyoni keç bölmasdan muvozanatlaştirişimiz lozim. Bunday huquqni olişga boşqa imkon bölmaydi”, deb ta'kidlab ötişgan millionerlar.
Ma'lum qilinişiça, maktubni imzolaganlar orasida Uolt Disney vorisi Ebigeyl Disney, biznesmen Jyerri Grinfild va “Janob Bin” haqidagi filmlar mualliflaridan biri Riçard Kertis bor.

















