Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar saylandi va Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosarini saylash to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi. Unga ko‘ra, senator Robaxon Mahmudova Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari etib saylangani va Oliy sudning ikki sudyasi o‘zgargani ma'lum qilingan.
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga muvofiq, Senat kengashi Robaxon Anvarovna Mahmudovani 10 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylash va shu munosabat bilan Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Robaxon Mahmudova shu yilning yanvarida Farg‘ona viloyatidan senator etib saylangan, keyinroq O‘zbekiston Respublikasi Senatining Fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozomiga saylangandi.
Shuningdek, Bahrom Abduvaliyevich Tangabayev o‘n yil muddatga, Ibragim Mirzaraximovich Alimov muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylangan.
O‘z navbatida Xurshid Iskandarovich Qosimov va Alisher Abduxalimovich Jalilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 12 oktyabrdagi SQ-520–III sonli Qarorining 1-bandidagi «ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin», deyiladi O‘zAda matni keltirilgan qarorda.
Ma'lumot uchun, Xurshid Qosimov 2017 yilda 10 yil muddatga, Alisher Jalilov esa 2019 yilda 10 yil muddatga Oliy sudi sudyasi lavozimlariga saylangandi.
Mavzuga oid
17:49 / 06.12.2024
Oliy sud: 10 oyda 4 934 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi
19:20 / 21.10.2024
Toshkentda sudyalar uchun Germaniya va Sloveniya tashkilotlari hamkorligida seminar-trening boshlandi
11:32 / 15.10.2024
“Davlat mablag‘lariga qilingan tajovuzni Vatanga xiyonat sifatida baholaymiz” - Robaxon Mahmudova
14:44 / 21.09.2024