Xalq bankining uçta filiali hozirda karantinga olingan va uşbu bank muassasalarida xizmat körsatiş vaqtinça töxtatilgan. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Andijon viloyati Kuyganyor filialida 59 kişi karantinga olingan, 1 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Navoiy viloyati Nurota filialida barça xodimlar test topşirgan, 8 nafarida COVID-19 aniqlangan. Filial vaqtinça faoliyatini töxtatgan.

Navoiy şahar filialida ham barça xodimlar test topşirgan va natijasini kutmoqda. 1 nafar xodimda infeksiya tasdiqlangan.

Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumani filialida ham xodimlar koronavirusga test topşirgan. Heç bir xodimda infeksiya aniqlanmagan. Filial karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda faoliyatini davom ettirmoqda.

Bank axborot xizmati pensionerlarning hayotini asraş maqsadida ular uçun pensiya va nafaqa pullari uyma-uy yurib tarqatilayotganini eslatib ötgan.