«Xususiy klinikalar va laboratoriyalarda koronavirusga test olişni taqiqlovçi heç qanday körsatma bölmagan. Aksinça, Soğliqni saqlaş vazirligi PZR va immunoferment tahlillarini ötkaziş mumkin bölgan laboratoriyalar röyxatini e'lon qildi. Ularning aksariyati Toşkentda joylaşgan, lekin viloyat markazlarida ham laboratoriyalar mavjud.
Xususiy klinikalar doimiy rejimda muassasaning özida hamda xonadonlarga çiqib test olişi ham mumkin», deya Oqilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilişiça, xususiy klinikalarda olingan test natijalari musbat çiqqan taqdirda, ular kasallikning umumiy statistikasiga kiritib borilişi şart.
«Xususiy klinikalarda topşirilgan tahlillar natijasi musbat çiqqan holda kasallik tasdiqlangani haqidagi axborot bemorning turar joyiga qarab Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining tegişli hududiy markaziga yetkazilişi şart. Har bir bunday holat umumiy statistikaga qöşilişi lozim», dedi ştab a'zosi.
U şuningdek, özlarida koronavirus alomatlarini sezgan homiladorlar qayerga murojaat qilişi kerakligi haqida ma'lumot berib ötdi.
«Homilador ayol özida COVID-19’ni gumon qilgan taqdirda birinçi navbatda ayollar maslahatxonasidagi kuzatuvçi şifokori va oilaviy poliklinikasidagi şifokoriga murojaat qilişi lozim. Kasallik simptomsiz keçayotgan bölsa, barça epidemiologik va gigiyenik çoralarga rioya qilib, uy şaroitida yakkalangan holda kuzatuv ostiga olinadi.
Ayolda kasallikning u yoki bu alomatlari (yötal, tana haroratining kötarilişi, ta'm va hid biliş sezgisining yöqolişi, muşaklardagi oğriq va holsizlik) paydo bölganda zudlik bilan maxsus ajratilgan şifoxona yoki tuğruq majmuasiga statsionar şaroitda yotqizilişi kerak», degan Oqilov.












