Koronavirus — bu şaharlarning kasalligi. 14 iyul kuni Rossiya qişloq xöjaligi akademiyasi saytida e'lon qilingan «Rossiyaning şahar muhitini rivojlantiriş va uni COVID-19 oqibatlariga moslaştiriş istiqbollari» hisoboti mualliflari şunda xulosaga kelişgan.

«COVID-19 pandemiyasi Rossiyada iqtisodiyotning mavjud aholini joylaştiriş va hududiy taşkillaştiriş tizimida jiddiy risklar borligini, ular muhitni rivojlantiriş sohasida amaldagi davlat siyosati işlab çiqilişida hisobga olinmaganini körsatib berdi. Koronavirus — bu şaharlarning kasalligi. Deyarli barça davlatlarda şunday qonuniyat közga taşlanmoqda — kasallik öçoği yirik şaharlarda şakllanmoqda, şundan söng rivojlaniş darajasi past bölgan boşqa hududlarga tarqalmoqda», — deyiladi tadqiqotda.

Rossiya qişloq xöjaligi akademiyasi (RANXiGS) mutaxassislari şu yilning bahorida yirik şaharlardan aholining çiqib ketişini pandemiyaga nisbatan reaksiya degan xulosaga kelişgan. Buning oqibati ölaroq, mamlakatdagi aglomeratsion jarayonlarni rağbatlantirişga ular tanqidiy yondaşuvga majburlaydi.

Gap Rossiyada 2025 yilgaça muhitni rivojlantiriş strategiyasi haqida bormoqda, u kiçik va örta şaharlarni rivojlantirişga ham yönaltirilgan, deb yozadi «Gazeta.ru».

Olimlarning fikriça, koronavirus pandemiyasi aholining turarjoy xarakteristikasi va şahar muhitiga nisbatan talablarini ham özgartiradi. Ular içki migratsiya vektori «yoqimliroq iqlimga ega bölgan janubiy hududlar» tomon siljişi mumkinligini ham inkor etişmayapti.

Avvalroq, simptomlarga ega bölmagan insonlar bilan kontaktda bölib koronavirus yuqtirib olganlar soni COVID-19ning oğir şakli bilan oğriyotlardan yuqtirganlarga nisbatan köproq ekanligi oydinlaşgan edi.

Ötgan hafta oxirlarida Hongkong universiteti tibbiyot maktabi dekani, professor Gabriel Leung koronavirus infeksiyasining yuquvçanligi 30 foizga oşganligini aytgan edi.