AQŞ va Xitoy raqobati: ikkinçi «sovuq uruş»da kim ğolib böladi?
|19:00 / 16.07.202044 75810 min
AQŞ Xitoy bilan savdo uruşini boşlagaç, 5G texnologiyasining yetakçilaridan biri bölgan Xitoyning telekommunikatsiya va IT kompaniyasi Huawei’ni taqiqlab qöydi. Bu payt Xitoyning Yevropa mamlakatlari, xususan, Buyuk Britaniyaga bosimi ortib borayotgandi. Endilikda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarning tazyiqi ostida qaror qabul qilişda qiynalişmoqda.
AQŞ Xitoyning Janubiy Xitoy dengizining ba'zi mintaqalaridagi suverenitet huquqini tan olmasligini e'lon qildi. Ikki davlatning harbiy kemalari bu mintaqada tez-tez töqnaş kelmoqda va bir-birlarining qat'iyatlarini sinab körişmoqda. AQŞning Covid-19 epidemiyasida Xitoyni ayblaşi ham ikki mamlakat örtasidagi tanglikni yanada kuçaytirdi.
Bunday şaroitda AQŞ va Xitoy örtasida yangi «sovuq uruş» boşlandimi?», «Bu uruşda kim ğolib çiqadi?», «Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Hindiston kabi markazlarning «sovuq uruş»ga munosabati qanday böladi?» kabi savollar tuğilişi ortidan kelajak haqidagi xavotirli munozaralar kuçaymoqda.
Çunki tarixdan ma'lumki, bir «super kuç»ning qarşisida yangi bir «super kuç» paydo bölganda, xalqaro munosabatlarning qoidalari va dinamikasi tezda özgara boşlaydi.
Ta'kidlaş joizki, ikki kuç örtasida nafaqat iqtisodiy, siyosiy va texnologik, balki harbiy raqobat ham borgan sari kuçaymoqda. «Ikkilamçi kuçlar» uşbu töqnaşuvda öz örnini topişga va ikki tomondan birini tanlaşga majbur bölişi sababli xalqaro beqarorlik kuçayib bormoqda. Agar uşbu ziddiyat tarkibiga pandemiya va tarixda misli körilmagan iqtisodiy inqirozni ham qöşadigan bölsak, u naq portlovçi qorişmagan aylanadi. Ayniqsa, «super kuç»lardan birining kun tartibida boşqaruv özgarişi, prezidentlik va Senat saylovlari turgan bölsa...
«Chimerica» orzusi qanday barham topdi?
GETTY IMAGES
«Sovuq uruş» davrida AQŞdagi Nikson ma'muriyati sovetlar ittifoqini yakkalab qöyiş uçun Xitoy ma'muriyati bilan hamkorlik qiliş jarayonini boşladi.
1978 yildagi islohotlar bilan Xitoy ma'muriyati öz iqtisodiyotini xalqaro kapitalga oçgandan keyingi jarayon 2007 yildagi jahon moliyaviy inqirozi va Donald Tramp AQŞ prezidenti bölgunga qadar, ayniqsa, 2007 yilda Xitoyning Jahon Savdo Taşkilotiga a'zo bölguniça kuçayişda davom etdi.
Uşbu davrda AQŞ va Ğarbiy kapitalizm örtaça yillik 10 foiz ösişda davom etayotgan Xitoy iqtisodiyotidan investitsiya maydoni va bozor sifatida foyda kördi.
Mavzuga oid
Şuningdek, Xitoy ham iqtisodiy va texnologik rivojlanişini jadallaştirişga imkon beradigan resurslardan foydalaniş imkoniyatiga ega böldi.
Şu orada AQŞ va Xitoy örtasida iqtisodiy simbioz aloqasi şakllandi.
Xitoy AQŞ zayomlarini sotib olgan, AQŞdagi manbalar yordamida u özining iqtisodiy ösişini moliyalaştirgandi. AQŞ ham Xitoyda arzon narxlardagi işçi kuçi bilan işlab çiqarilgan asosiy iste'mol tovarlarini import qiliş orqali işçi sinfining farovonligini saqlab qoliş imkoniga ega bölgandi. Xitoy, şuningdek, 3 trln dollarga yetişi mumkin bölgan xorijiy valuta zaxirasini töplaşda davom etdi.
Uşbu özaro boğliqlik xalqaro munosabatlarda ham öz aksini topdi, garçi Xitoy vaqti-vaqti bilan BMT Xavfsizlik Kengaşidagi rahbarlikni şubha ostiga qöysa-da, Ğarb markazli globallaşuv qoidalarni qabul qilganday körinardi.
Uşbu muhitda ba'zi bir şarhlovçi va tarixçilar AQŞning asosiy kuç bölişiga imkon beruvçi «Chimerica» (Xitoy+Amerika) munosabatlarini tasavvur qila boşladilar. 2007 yilda jahon iqtisodiyoti çuqur moliyaviy inqiroz tufayli tebranib, AQŞ va Yevropa past darajada ösiş kuzatilgan «uzoq turğunlik» jarayoniga kirgaç, «globallaşuv jarayoni teskarisiga aylanayotgani» haqidagi munozaralar avj oldi va şu tariqa «Chimerica» orzusi barham topdi.
«Uzoq turğunlik» davrida Xitoyning jahon iqtisodiyotidagi oğirligi tez sur'atlar bilan ösib bordi. Şu asno Xitoy dunyodagi ikkinçi yirik iqtisodiyotiga aylandi. Endi Xitoy xalqaro bozorlarda eng yuqori qarz va taşqi yordam beruvçi davlatga aylangandi. Uning energetika, moliya va telekommunikatsiya kompaniyalari dunyo reytingidagi ilk önlikka kirdi. Ğarbning yirik kompaniyalari va ta'minot zanjirlarida ham Xitoy «ajralmas halqa»ga aylandi. Qolaversa, Tramp ma'muriyati AQŞda anti-globallaşuv pozitsiyasini işlab çiqayotgan edi.
«Xitoy uslubi»dagi globallaşuv nima?
Öz navbatida, Xitoy «Bir yöl bir avlod» loyihasi va uni qöllab-quvvatlaydigan Osiyo infratuzilma investitsiya banki kreditlari bilan globalizatsiya jarayonini qabul qilmoqda. Tinç okeani sohilidan Markaziy Atlantika va Yevropadan Atlantika sohiligaça bölgan hududda ma'lum ma'noda «globallaşuv»ni barpo etişga hozirlanmoqda. Uşbu yangi «Xitoy uslubi»dagi globallaşuv yordamida Xitoy arzon va qulay şartlardagi kreditlar hamda iqtisodiy yordam orqali Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi kabi «rivojlanayotgan bozor»lar bilan munosabat örnatdi, strategik nuqtalardagi portlarni qölga kiritdi.
Xitoy Jibutida harbiy baza qurdi. Harbiy xarajatlar miqdori böyiça esa AQŞdan keyin ikkinçi öringa çiqib oldi.
2000-yillarda Xitoy Şanxay Hamkorlik Taşkilotini tuzdi. XVJ va Jahon Banki kabi xalqaro taşkilotlarda, ayniqsa, BMT doirasida uning ta'sir doirasi tez ösdi. 2019 yilda Xitoy AQŞ nomzodini mağlub etib, Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO – Food and Agriculture Organization of the United Nations) raisligini qabul qildi. Bugungi kunda BMTning 15 xususiy agentliklarining törttasida Xitoy vakillari bor.
Xitoy, şuningdek, texnologiyada katta yutuqlarga erişmoqda. Endilikda u superkompyuterlar, sun'iy intellekt, kosmik tadqiqotlar, «Kvant aloqasi» kabi sohalarda dunyoning yetakçisiga aylaniş arafasida. Ta'kidlaş joizki, Xitoyning iqtisodiy va texnologik rivojlanişi va uning xalqaro nufuzini oşiriş jarayonining ikkinçi tomonida davlatni yanada markazlaştiriş yotibdi. Internet va ijtimoiy media platformalari nazorat qilinmoqda, dunyodagi eng ilğor kuzatuv va monitoring texnologiyalari işlab çiqilmoqda, muxoliflarning ovozlari öçirilmoqda va tobora avtoritar-millatçilik, hatto «imperial» iddaolar ilgari surilmoqda.
Tabiiyki, AQŞ xavfsizlik doiralari uşbu voqealarni taşviş bilan kuzatmoqda. Ular Xitoyning yuksalişini töxtatiş, raqibning superqudrat mavqega erişişiga tösqinlik qiliş yöllarini izlaşmoqda. Endilikda Pentagon va AQŞ Taşqi işlar vazirligining hisobotlarida Xitoy «strategik raqib» sifatida tilga olinmoqda. Yangi «sovuq uruş» tuşunçasi xalqaro munosabatlarda munozara mavzusiga aylanib bormoqda.
«Sovuq uruş» optimistik variantmi?
Sönggi yillarda Xitoy rahbariyati taşqi siyosat masalalari böyiça köproq gapirişga va global liderlik niyatlarini yanada aniqroq ifoda etişga kirişdi.
Biroq bu da'volar va bayonotlar örtasidagi mantiqiy boğlaniş hali ham aniq emas.
Şu ma'noda, siyosiy byuro a'zosi, XXR raisi Si Jinpingning eng nufuzli maslahatçisi Vang Şing tomonidan XXI asr Xitoy ijodkorligining eng gözal namunasi sifatida baholangan, dunyo miqyosida köplab mukofotlarni qölga kiritgan Lui Tsişinning «Uç ommaviy muammo2», «Qoronğu örmon» va «Ölimning oxiri» trilogiyasi ayni masalani oydinlaştirişda yordam beradi.
Trilogiyada keltirilişiça, Xitoy özini AQŞ va Ğarb tomonidan nişonga olingan, deb hisoblaydi. Boşqa tomondan, u mamlakatning tobora kengayib borayotgan ehtiyojlarini qondiriş uçun mamlakat içi va Hongkongdagi «beqarorlaştiruvçi elementlar»ni bostirar ekan, mamlakatning ösib borayotgan ehtiyojlarini qondiriş uçun global maydonda resurslarni taqsimlaş böyiça raqobatda ustun mavqega ega bölişga alohida e'tibor bermoqda. Bu ustunlikni yaratiş va saqlab qolişda esa texnologik rivojlaniş, harbiy kuç, şuningdek, moliyaviy resurslar hal qiluvçi ahamiyatga ega.
AQŞning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyerning sözlariga köra, bunday şaroitda AQŞ va yaqinda paydo bölgan yangi «super kuç» - Xitoy örtasida «sovuq uruş» bölişi muqarrar.
Tarixçi Nayl Fergyusonning ta'kidlaşiça, Xitoy allaqaçon «sovuq uruş»ni e'lon qilgan, ya'ni ikki mamlakat yangi «sovuq uruş» va «qoronği örmon» yoqasida.
Agar iyun oyi va iyul oyining birinçi haftasida Janubiy Xitoy dengizida nima bölganiga e'tibor qaratilsa, «sovuq uruş» optimistik variant.
AQŞ Xitoyni Janubiy Xitoy dengizidagi sun'iy orollarga harbiylarini joylaştirişda ayblab keladi
Iyun oyi oxirida Xitoy harbiy-dengiz floti yangi orollar yaqinida raketa taşuvçi Yulin va Hohnot frigatatsiyalari tomonidan yöq qilinadigan flot iştirokida keng miqyosli manevr ötkazdi. Uşbu manevr yakunlanişidan oldin, AQŞ bir vaqtning özida ikkita samolyot taşuvçisi - USS Ronalmd Reygan va USS Nimitz bilan «xayoliy» duşmanning nişonlariga uzoq muddatli va keng qamrovli hujum simulyatsiyasini ötkazdi.
Har qanday vaqtda «baxsiz hodisa» röy berişi mumkin
Bir-birlarini provokatsiyada ayblaşni kanda qilmaydigan bu ikki davlat mintaqada juda murakkab ittifoqlarga ega. Hindiston va Pokiston bilan murakkab iqtisodiy siyosiy aloqalar, Janubiy Koreya-Şimoliy Koreya, Tayvan, Hongkong kabi strategik nuqtalardagi iqtisodiy va geostrategik manfaatlar va qarama-qarşiliklar şular jumlasidandir.
Uşbu murakkablik va kuç-quvvat muhitida har qanday vaqtda «baxsiz hodisa» röy berişi mumkin. Ya'ni harbiy mojarolarning keng kölamli xavfi kundan-kunga oşib bormoqda. Bugungi kuning eng asosiy savollaridan biri esa şu: «Ikkinçi «sovuq uruş»da kim ğolib böladi?»