Behzod Musayev: Pandemiyaga qarshi kurashda kechagi strategiya bugungi kun talabiga javob bermaydi
Toshkent shahrida 135ta tez tibbiy yordam mashinasi bo‘lib, birinchi bosqichda zudlik bilan yana 50ta mashina ikki kun ichida jihozlanib, yo‘lga qo‘yiladi. Poytaxtdagi koll-markazda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar soni 40 nafardan 100 kishiga yetkaziladi.

Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha kechagi taktika, kechagi strategiya bugungi kun talabiga umuman javob bermaydi, deya fikr bildirdi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.
«Avval virusni aniqlab, undan so‘ng davolashga o‘tgan bo‘lsak, hozirgi holat zudlik bilan yordam berish kerakligini ko‘rsatmoqda», dedi Musayev 15 iyul kuni prezident videoselektoridan so‘ng bergan intervyusida.
Hukumat vakiliga ko‘ra, Toshkent shahrida 135ta tez tibbiy yordam mashinasi bo‘lib, birinchi bosqichda zudlik bilan yana 50ta mashina ikki kun ichida jihozlanib, yo‘lga qo‘yiladi. Poytaxtdagi koll-markazda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar soni 40 nafardan 100 kishiga yetkaziladi.
«Bugun Toshkent shahridagi poliklinikalarga 750ta mobil telefon yetkazib berildi. Shifokorlar kun davomida uch mahal o‘zini-o‘zi davolash bilan shug‘ullanayotgan bemorlardan qo‘ng‘iroq qilib hol-ahvol so‘raydi hamda kerakli maslahatlarni beradi», – dedi Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.
U bugungi muammo nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining, balki barcha darajadagi hokimlarning ham muammosi ekanini qayd etdi.
Musayevning so‘zlariga ko‘ra, hududdagi sektorlarning to‘rt rahbari bemorlar holatidan xabardor bo‘lishi shartligi belgilandi. Bu orqali ular aholining dard va muammolari hamda hududdagi sog‘liqni saqlash tizimi holatini yaqindan biladi.
Bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yilganini ham ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi vaziyat og‘irligini qayd etib, muammolarni hal qilish choralarini belgilab berdi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

16:28 / 23.09.2024
Behzod Musayev yangi lavozimga o‘tkazildi

16:19 / 23.09.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘zgardi

15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev

18:44 / 08.08.2024