Prezident Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Abduhakim Hojiboyev koronavirusni davolaş bilan boğliq bölgan jarayonlarga mas'ul bölişi va Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimini egallaşini ma'lum qilgan.
Abduhakim Hojiboyev 1951 yilda Toşkent viloyatining Zangiota tumanida tuğilgan. 1990-1999 yillarda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida boş ilmiy xodim, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgik markazida bölim boşliği bölib işlagan.
1999-2000 yillarda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori örinbosari, 2000-2003 yillarda va 2007-2016 yillarda ilmiy markaz boş direktori bölgan.
U 2003-2007 yillarda va 2016-2017 yillarda ham Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan. 2017 yil aprelida esa u Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari – Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori lavozimiga ötkazilgan va Bahodir Yusupaliyev Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Bugungi videoselektorda prezident Toşkent şahri va Toşkent viloyatida koronavirusga qarşi kuraşiş borasidagi işlarni tanqid qildi hamda mas'ullarni ogohlantirdi. Xususan, Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovga hayfsan berildi.
Uşbu videoselektordan keyin televideniyega bergan intervyusida Abduhakim Hojiboyev vazirning birinçi örinbosari sifatida körsatilgan. Uning ma'lum qilişiça, endilikda koronavirus testi natijalari çiqişini tezlaştiriş çoralari körilmoqda.
«Hozirda köpçilikni test tahlillarini ötkaziş jarayoni taşvişga solmoqda. Bu kasallik gumon qilingan odamlar qayerda bölişidan qat'i nazar, ulardan tezlik bilan test oliş va natijalarini tezlaştiriş çoralari körilmoqda. Qöşimça PsR apparatlari sotib olinmoqda, qöşimça laboratoriyalar taşkil etilmoqda.
Qolaversa, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida har bir tumanda laboratoriyalar taşkil qilinişi, ularda işlovçi xodimlarni tayyorlab, laboratoriyalarni işga tuşiriş böyiça topşiriq berildi.
Undan taşqari, uyida davolanayotganlarga yetarli miqdorda dorilar xarid qilib, yetkaziş vazifasi qöyildi», degan u.
Eslatib ötamiz, şu yilning aprelida Bahodir Yusupaliyevga vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori vazifasini bajariş ham


















