“Men Uilyam Stepinning lavozimi Tramp kampaniyasi rahbarigaça kötarilganini e'lon qilişdan xursandman. Men bilan uzoq vaqt davomida bölgan hamda raqamli texnologiyalar va ma'lumotlar sohasida ajoyib strategiyamizga rahbarlik qilgan Bred Paskal (kampaniyaning amaldagi rahbari) kampaniyaning yetakçi maslahatçisi sifatida faoliyatini davom ettiradi”, deb ma'lum qilgan Tramp Twitter’da

AQŞ prezidenti noyabrda ötadigan saylovlarda “yirik va muhim ikkinçi ğalabani qölga kiritişiga” umid bildirdi, çunki “uning sörovnomalardagi reytingi tez oşmoqda, iqtisodiyotdagi vaziyat esa yaxşilanmoqda”. 

Biroq ekspertlarning fikriça, Trampning işlari özi aytayotgandek yaxşi emas. AQŞ prezidentining saylovlar böyiça asosiy raqibi – demokrat Jo Bayden amerikaliklar tomonidan köproq qöllab-quvvatlanmoqda: uning joriy reytingi Trampnikidan 8,8 foiz yuqori. Tramp esa koronvirusga qarşi kuraş va AQŞdagi oxirgi tartibsizliklar vaqtida köplab tarafdorlarini yöqotgan.