Yiğilişda Özbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş va uşbu davrda aholiga tibbiy xizmat körsatiş uzluksizligini ta'minlaş, koronavirusga tekşiruvlarni taşkil etiş borasida birinçi galdagi vazifalar muhokama qilindi.
Yiğilişda barça xususiy klinikalarga koronavirusni aniqlaş uçun PZR-testlar ötkaziş va koronavirusga çalingan bemorlarni davolaş huquqi taqdim etilgani ta'kidlab ötildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi va hokimliklarga xususiy va nodavlat tibbiyot taşkilotlarining yuqorida körsatilgan masalalarda faoliyatini taşkil etiş böyiça yordam körsatiş topşiriği berilgan.
Bundan taşqari, yiğilişda oğir pnevmoniya va boşqa öpka kasalliklari asoratlari boşlangan koronavirus bemorlarini davolaşda qöllaniladigan import qilinadigan kislorod konsentratorlari bojxona bojidan ozod etiş böyiça qaror qabul qilingan.
Eslatib ötamiz, 15 iyul kuni prezident Şavkat Mirziyoyev pandemiya bilan boğliq vaziyat muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi vaziyat oğirligini qayd etib, muammolarni hal qiliş çoralarini belgilab bergandi.

















