Tramp ma'muriyati Xitoy kommunistik partiyasiga a'zolar va ularning oila a'zolarining Qöşma Ştatlarga sayohat qilişiga taqiq joriy qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Reyter agentligi vaziyatdan xabardor manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. Bu esa, ikki mamlakat örtasidagi şundoq ham tarang munosabatlarni yanada keskinlaştirişi mumkin.
Yuqori lavozimli mas'ullar bu borada dastlabki muhokamalarni ötkazmoqda va yakuniy qaror qabul qiliş uçun taklif prezident Donald Trampga olib kirilmagan, degan manba, nomini oşkor qilmaslik şarti bilan.
Dastlab The New York Times naşri tomonidan e'lon qilingan mavzu 10 millionlab xitoyliklarga viza berişni taqiqlaşni nazarda tutadi. Bu esa, Vaşingtonning Xitoyga nisbatan eng oğir bosimlaridan biri bölişi va Pekin bilan yangi sovuq uruşiga sabab bölişi mumkin.
Bunday taqiq Xitoy kommunistik partiyasining yuqori va quyi poğonadagi a'zolari baravar joriy qilingudek bölsa, amerikaliklarning Xitoyga taqiqini joriy qiliş bilan boğliq qarşi harakatlarga ham sabab bölişi ehtimol. Bunday holat röy bersa, AQŞning Xitoydagi biznes manfaatlariga katta zarar yetkazişi ehtimol, deyiladi xabarda.
Xitoy TIV rasmiy vakili Hua Chunying bu xabarni izohlar ekan, agar rost bölsa, “açinarli” ekanini ta'kidladi.
AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo qisqagina javob berib, “prezident yetakçiligida Xitoy kommunistik partiyasiga qarşi çoralar öylab körilayotganini” bildirdi.
Oq uy matbuot kotibi Kayleigh McEnany öz navbatida “Xitoyga doir har qanday imkoniyat körib çiqilayotganini” ta'kidladi.

















