Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirda Guliston şahri, «Döstlik» mahallasining Xondamir köçasidan Guliston şahar markaziga ötiş joyida vaqtinçalik taşkil etilgan karantin blok-postida xizmat olib borayotgan Içki işlar organi xodimi video tasvirga olgan fuqaroning stikeri borligi haqidagi vajiga qaramasdan, blok-postdan ötib ketişi uçun 2 quti sigaret olib kelişini aytib, fuqaro sigaret olib kelganidan söng karantin blok postga xizmatga jalb qilingan Milliy Gvardiya xodimi aytilgan sigaretlarni olib qolib, fuqaroni blok postdan ötib ketişiga ruxsat berganligi holati aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilib, xizmat tekşiruvi natijasiga köra 3 nafar rahbar xodimlarga nisbatan intizomiy çoralar qöllanilib, 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 1 nafar xodim esa Içki işlar organlaridan böşatildi.

Sirdaryo viloyati Içki işlar organlari xodimlari örtasida qonunçilik va xizmat intizomiga rioya etişlari böyiça tuşuntiriş işlari olib borilib, qat'iy intizomiy çoralar körilişi töğrisida ogohlantirildi, deyiladi Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.