Ötgan bir kun davomida butun dunyoda 250 mingga yaqin odam virus yuqtirdi. Şundan 85 mingga yaqini Şimoliy Amerikada (AQŞ hisobiga), 63 mingdan ortiği Osiyoda, 65 mingga yaqini Janubiy Amerikada, 20 mingdan ortiği Afrikada va 324tasi Okeaniya mintaqasida qayd etildi. Aholi juda ziç yaşaydigan Yevropa qit'asida esa kunlik ösiş 14 mingdan köproq böldi.

Oxirgi bir neça kunda köhna qit'ada aynan 14 ming atrofidagi kunlik ösiş saqlanib turibdi. Kasallanganlarning deyarli yarmi Rossiya (6 428) va Ispaniya (1 361) hissasiga töğri kelgan. Qit'a böyiça yuqori ösiş şuningdek, Ukraina (848), Ruminiya (777), Britaniya (641), Germaniya (584) va Fransiyada (534) qayd etildi.

Kunlik ösiş baland bölgan yuqori öttiztalikda faqat ikkita Yevropa mamlakati bor: Rossiya va Ispaniya. Yuqori öttiztalikda eng köp Amerika va Osiyo qi'asi davlatlari örin olgan.

Yevropada kunlik ölimlar soni 398tani taşkil etgan. Bu borada qit'ada eng yuqori körsatkiç Rossiyada (167ta). Şuningdek, Britaniyada ham kunlik ölimlar soni 50tadan köp bölgan (66). Qolgan Yevropa davlatlarida bir kun davomida 1tadan 20tagaça ölim qayd etilgan.