Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘g‘li nafas ololmay qolgan ona Turdimovdan yig‘lab yordam so‘ragach, farzandi kasalxonaga yotqizildi
Samarqandlik ona farzandi nafas ololmayotganini aytib, viloyat hokimidan yordam so‘radi. Uning farzandi kasalxonaga yotqizilgani aytildi.
Telegramda o‘g‘li nafas ololmay qolganini aytib, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovdan yordam so‘ragan ayolning murojaati tarqaldi. Unda ayol farzandi 10 kundan buyon isitmalab yotganini, «Tez yordam» kelmayotganini aytgan.
«Erkinjon, bizga yordam bering. 27 yosh o‘g‘lim 10 kundan buyon isitmasi tushmayapti. Telefon qilmagan joyimiz qolmadi, hech kim javob bermayapti. Poliklinika ham yordam bermayapti, «Skoriy» chaqirsak, kelmaydi. Yordam bering, Erkinjon. Hovlimni sotib beraman, jonimni beraman», degan murojaat davomida ko‘zida yosh bilan gapirgan ona.
Zarnews.uz saytining yozishicha, murojaatdagi onaning farzandi A.Musinov ayni damda Samarqand viloyat infeksion kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ahmadjon Bobojonovning ma'lum qilishicha, bemorning issig‘i 38 darajagacha ko‘tarilgan va uy sharoitida davolangan, lekin jarayon hududdagi poliklinika bo‘lim boshlig‘i tomonidan nazorat qilib borilgan.

13 iyul kuni bemor poliklinikadagi shifokorlar guruhi bemorni tekshirib, uni statsionarga yotqizishga qaror qilishgan. Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, hozir bemorning umumiy holati yaxshi. Zarnews.uz'dagi xabarda bemorning onasi shahar tibbiyot birlashmasi rahbariga yuborilgan audiosi ham ilova qilingan.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026
Samarqand shahridagi avtoavariyada PPX xodimi halok bo‘ldi
18:30 / 29.04.2026