“Qutisi 400 mingdan 600 minggacha”. “Ergoferon” va “Arbidol” dorilarining noqonuniy savdosi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reydlarda hozirda talab keskin ortgan “Ergoferon” va “Arbidol” dorilarining noqonuniy savdosi aniqlandi.
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan reydda xorijda ishlab chiqarilgan “Arbidol” dori vositasinnig har bir qutisini 500 ming so‘mdan sotayotgan shaxs ushlangan.
Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan dorixonaning norasmiy sotuvchisi 56 quti “Ergoferon” dori vositasini jami 5 mln 320 ming so‘mga pullayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Undan yana 1120 dona dori vositasi vaqtincha olib qo‘yilgan.
Shuningdek, Yashnobod tumanida fuqarolardan biri 19 quti “Arbidol” dorisining har birini 500 ming so‘mdan, Olmazor tumanida ikki nafar fuqaro shu dorining 200 qutisini har birini 32 AQSh dollaridan baholab noqonuniy tarzda sotayotgani ma'lum bo‘lgan.
Departamentning Yashnobod tuman bo‘lim boshlig‘i Nuriddin Jo‘rayevga ko‘ra, mazkur dori vositalariga qo‘yilayotgan baho odatdagi narxdan ancha farqlanadi.
Uning aytishicha, “Ergoferon” dori vositasi odatda 25-32 ming so‘mgacha sotilgan. Hozirgi narxi 120 ming so‘mgacha bormoqda. Qutisi 45 ming so‘mdan sotilgan “Arbidol” esa 400-600 ming so‘mdan pullanmoqda.
“Hozirda rasmiy dorixonalarda yo‘q dori vositalari odamlarning qo‘lida 100-200 qutilab jamlanib, noqonuniy sotilyapti. Chunki dorixonada narxini qimmat qilib sotsa, e'tirozning kimga bildirilishi aniq bo‘ladi. Shuning uchun ham yashirincha yo‘llar bilan norasmiy tarzda sotilmoqda.
Hozirda bu dorilarni mamlakatga olib kirayotgan korxonalar bilan o‘zaro ma'lumot almashib, dorilarning kimga va qay tarzda berilayotgani aniqlashtirilmoqda”, deydi departament vakili.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
O‘zbekiston | 16:30
-
Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:26
-
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:25
-
Putin Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 15:54