Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust oyi boshida dorixonalarga «Arbidol» va «Kleksan» dorilari partiyalari keltiriladi
Fuqarolardan dori sotib olayotganda ehtiyotkor bo‘lish, dori vositasi haqidagi tovar chekini talab qilish va chekni preparatning hammasi qabul qilib bo‘lingunga qadar saqlab turish so‘raladi.
Bugun, 24 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqamasi boshlig‘i o‘rinbosari Sayidamin Sodiqov tomonidan dorixonalar nazorati haqida ma'lumot berildi.
Uning ta'kidlashicha, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan 2020 yilning fevral oyidan boshlab qariyb 20 turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxlari bo‘yicha monitoring o‘tkazilmoqda. 80dan ortiq turdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxlari bo‘yicha kunlik monitoring olib boriladi.
«24 iyul holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 1,5 mingdan ziyod dorixonalarda o‘rganish o‘tkazilgan va dori narxi oshirilgani uchun 5ta dorixonaga nisbatan qonuniy tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, fuqarolardan ham dori sotib olayotganda ehtiyotkor bo‘lish, dori vositasi haqidagi tovar chekini talab qilish va chekni preparatning hammasi qabul qilib bo‘lingunga qadar saqlashni so‘raymiz. Agar iste'molchilar dori vositalarini oshirilgan narxda sotib olishgan yoki dori vositalari dorixonalardan tashqarida sotilgani haqida ma'lumotga ega bo‘lishsa, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilishni so‘raymiz», dedi qo‘mita raisi.
Bundan tashqari, brifingda mamlakatda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy rasmiy farmatsevtika kompaniyalaridan olingan ma'lumotlarga asoslangan holda avgust oyining boshida dorixonalarga 200 ming qadoqda «Arbidol» va qariyb 20 ming qadoqda «Kleksan» preparatlari sotish uchun keltirilishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
12:06 / 04.03.2026
Raqobat qo‘mitasi 26 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atdi
18:47 / 24.01.2026
2 mingta dori narxi 40-60 foizga tushirildi - Farmagentlik
17:35 / 13.12.2025
Toshkentda retsepsiz dori sotish to‘xtadi. Dorixonalarda vaziyat qanday?
17:58 / 24.10.2025