Meyson Grinvud 18 yoşda. U kattalar futbolida ilk mavsumida ötkazmoqda. «Mançester Yunayted» tarkibida 43 öyin ötkazib, 15 gol urdi va yana 5 golga hammualliflik qildi. Mavsumda u jamoaning uçinçi töpurari bölib turibdi, klub safidagi gollar böyiça Falkao, Sançes va Di Mariyaning umumiy körsatkiçidan ham oşib ketib böldi.

Grinvudni nafaqat «MYu» yoki Angliya, balki butun Yevropada öziga xos hujumçiga aylantirayotgan yana bir jihat bor – u vaziyatlardan foydalaniş böyiça eng yaxşi natijaga ega. Kutilgan gollar (xG) böyiça atigi 3 gol urişi mumkin bölgan Meyson 9 marta raqib darvozasini işğol qilib ulgurdi.

Yevropa çempionatlarida heç qaysi hujumçi xavfli bölmagan vaziyatlarni golga aylantiriş böyiça bu qadar yuqori natijaga ega emas, agar yevrokuboklarni ham hisobga oladigan bölsak, faqat Xoland biroz yaqin keladi.

Grinvudning siri nimada?

Grinvudning siri, u köproq ötkir burçaklardan, jarima maydoni taşqarisidan yoki himoyaçilar orasidan turib zarbani ijro etişidir. Bunday şartlarda darvozaga aniq zarba berişning özi muşkul, töğri borgan taqdirda ham, darvozabonlar qaytarişi ehtimoli katta – ammo Grinvud tepadi, darvozabonlar uşlay olişmaydi. Nega?

Birinçidan, u doim juda kuçli zarba beradi. Buning ustiga juda aniq, aslida, oddiy futbolçilarning kuçli zarbalari bu qadar aniq çiqmaydi, köpinça.

Ikkinçidan, Grinvud deyarli tayyorgarliksiz tepadi. Töpni öziga böysundirişda, zarbani ijro etiş uçun juda kam vaqt ketadi.

Tayyorgarlikning yöqligi va oyoqlar tezligi natijasida darvozabonlar zarba ijro etilişi pallasini körmay qoladilar. Hammasi şu qadar tez sodir bölib, zarbaning kuçli ekanidan, darvozabonlarda muammo yuzaga keladi.

Va yana bir asosiy jihat, Grinvud har ikki oyoğida ham yaxşi tepa oladi. Deyarli farqi yöq. 

Har ikki oyoqda birdek tepa oladi