19 iyul kuni «Tez yordam» loyihasining birinçi sonida virusolog Dildora Sekler koronavirusga çalingan va uyida davolanayotgan bemorning hali kasallik alomatlari sezilmayotgan oila a'zolari uçun tavsiyalar berdi.

https://ok.ru/videoembed/1590523333311

«Bu holatda bemorning oila a'zolariga umumiy tavsiyalar beriladi. Masalan, ular vitamin D qabul qilişlari mumkin. Sababi dunyo böylab 80 foiz odamda bu vitamin yetişmovçiligi aniqlangan. Şuning uçun koronavirus yuqtirgan bemorning yaqinlariga profilaktik miqdorda vitamin D va C içiş tavsiya etiladi», – deydi virusolog.

Dildora Sekler

Uning ta'kidlaşiça, profilaktik miqdorda qabul qilinadigan vitaminlarni şifokor tavsiyasiga asosan içiş şart emas. Vitamin D’ning profilaktik miqdori 20–40 mikrogram atrofida, vitamin S – askorbinka kislotasining profilaktik dozasi esa kuniga 500 mg.ni taşkil etadi.

Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra'no Qosimova tavsiya qilingan bu tabletkalar dori vositasi emas, vitaminlar ekanini, lekin ular örniga turli mevalar ham iste'mol qiliş mumkinligini maslahat berdi.

«Vitamin S ovqat hazm qiliş muammolari bor odamlarga, höl meva yeyişga qiynaladigan paytda tavsiya qilinişi mumkin. Lekin agar odam özini yaxşi his qilsa va soğligida muammosi bölmasa, tabletka körinişidagi vitaminlarni emas, balki mevalarni iste'mol qilişi yaxşiroq. Bunda vitamin sun'iy emas, tabiiy qabul qilinadi», – dedi Ra'no Qosimova.

Ra'no Qosimova

Immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xöjayeva esa hamma mevalarda ham vitamin D bölmasligini, şuning uçun uni sun'iy ravişda ham qabul qilişga töğri kelişini ma'lum qildi.

«Lekin vitamin D’ning toksik dozasi ham mavjud. Şuning uçun uni iste'mol qilmoqçi bölgan odam qonida vitamin D’ning darajasini aniqlab olgani yaxşi. Agar bunga imkon bölmasa, unda profilaktik dozada qabul qilsa, zarar qilmaydi», – dedi Aziza Xöjayeva.