https://ok.ru/videoembed/1590478637759

«Bemor kun davomida taxminan 3 litr – har 15-20 daqiqada 1 piyoladan suv içişi kerak. Suv içgim ham, ovqat yegim ham kelmayapti, deydigan bemorlar ham böladi. Bu tabiiy. Çunki bu vaqtda organizmda intoksikatsiya jarayoni kuzatiladi. Lekin bemor özini majburlab bölsa ham ovqatlanişi, har ikki soatda oz-ozdan, kun davomida 6 mahal taom iste'mol qilişi kerak.

Iştaha bölmasa, oğiz qurisa yoki ta'm biliş qobiliyati yöqolsa, limon singari aççiq mahsulotlardan iştaha oçiş uçun foydalaniş mumkin.

Koronavirusdan davolanişda ovqatdan çeklovlar mavjud emas. Asosiysi, bemor yaxşi ovqatlanişi, oqsilli taomlar yeyişi kerak. Oqsil bu – immunitet. Interferon, virus bilan kuraşuvçi tanaçalar oqsildan iborat. Bemor oqsil qabul qilmasa, immunitet ham rivojlanmaydi», – dedi mutaxassis «Tez yordam» dasturidagi çiqişida.

Şuningdek, bemorlarga imkon qadar şamollatilgan xonada böliş tavsiya qilindi.

«Bemor imkoni bölsa, oila a'zolarini xavfga qöymagan holda hovlida, toza havoda harakatlanişi mumkin. Imkon bölmasa, xonani tez-tez şamollatib turiş kerak. Çunki bemor har gal nafas çiqarganda virusli havo hosil qiladi.

Şuningdek, hozirgi jazirama kunlarda, ustiga-ustak isitma bölgan bemorga qulaylik yaratiş uçun konditsionerdan foydalaniş mumkin. Bunda konditsioner haroratini 26-28 darajadan oşirmaslik, vaqt-vaqti bilan xonani şamollatiş tavsiya etiladi», – dedi Ra'no Qosimova.