
Hozirga qadar heç qayerda mavjud bölmagan bunday sexlar kuniga 10 tonna xomaşyoni qayta işlaş quvvatiga ega. Mazkur sexni 1 yoki 2 kişi boşqaradi.
Kiçik işlab çiqariş sexlar fermer va şaxsiy xöjaliklarda işlatişga qulay, ixçam bölib, kam miqdordagi uruğlarni ham samarali qayta işlaşda qöl keladi. Undan aholi va kiçik tadbirkorlar bemalol foydalana oladi. Modul sex kiçik quvvatli bölgani uçun maxsus elektr tarmoğini talab etmaydi va aholi punktlari yoki fermer xöjaliklaridagi mavjud elektr quvvatidan foydalaniş yetarli böladi.
Kiçik işlab çiqariş modul sexi konteynerga joylaştirilgan bölib, zamonaviy işlab çiqariş tizimlari bilan jihozlangan. Jumladan, sexga xomaşyoni tozalaş, maydalaş, sovuq usulda presslaş, filtrlaş va keraklilik darajasiga qarab rafinatsiyalaş va qadoqlaş uskunalari örnatilgan.
Uskunalarining 75 foizi mahalliylaştirilgan uşbu sex yordamida barça turdagi moyli xomaşyolar, jumladan, ziğir, kunjut, maxsar, kungaboqar, soya donlari hamda mevalar danaklari, uzum, poliz mahsulotlari uruğlari qayta işlanadi va turli xildagi moylar olinadi.

Ösimlik moyi işlab çiqarişga ixtisoslaşgan modul sexni xarid qilişga nafaqat mamlakatimizdagi işbilarmonlar, balki xorijlik sarmoyadorlar ham qiziqiş bildirmoqda. Jumladan, şu kungaça Afğoniston Islom Respublikasining «Balkh vegetable oil corporation», «Spinzar Kunduz corporation» kabi kompaniyalari bilan modul sexni yetkazib beriş yuzasidan şartnomalar imzolandi.
Yaqinda Afğonistonning Mozori Şarif şahrida ösimlik moyi işlab çiqaradigan mazkur modulli korxonani işga tuşiriş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Afğoniston moliya vaziri vazifasini bajaruvçi Abdul Xodi Argandevol, Balx viloyati hokimligi va afğon işbilarmon doiralari vakillari, şuningdek, mahalliy jurnalistlar iştirok etdi.
– «Özyoğmoysanoat» uyuşmasi mutaxassislari yaratgan 4ta modul sex bizning «Balkh vegetable oil corporation» kompaniyamiz tomonidan sotib olingan edi, – deydi Afğoniston Islom Respublikasi davlat işlab çiqariş korxonalari departamenti boş direktori Şafiqulloh Şaxrani. – Uşbu texnologik tizim biz kutgan natijani berdi, narxi ham hamyonbop. Bu esa, öz navbatida, boşqa kompaniyalarimizda ham katta qiziqiş uyğotdi. Jumladan, Qunduz şahrida joylaşgan «Spinzar Kunduz corporation» kompaniyasi ham 5ta modul sexni xarid qiliş böyiça şartnoma imzoladi. Yaqin kunlarda uşbu texnologik tizim kompaniyamizga yetkazib beriladi. Kelgusida ham Afğoniston va Özbekiston yoğ-moy sanoati örtasida hamkorlikni davom ettiriş niyatidamiz, negaki bu hamkorlik ikki tomon uçun ham manfaatlidir.
















