«Markaz orqali yordam tört bosqiçda taşkil etiladi. Birinçi bosqiçda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan 101 980 nafar ehtiyojmand oilaning röyxatini şakllantirildi. Bunga qöşimça tarzda yoşi 65dan yuqori bölgan keksalar istiqomat qiladigan 106 490 nafar oila ham röyxatga kiritildi.
Ikkinçi bosqiçda Mahalla xayriya fondining joylardagi «Saxovat va kömak» jamğarmalari orqali 30 mlrd söm ajratildi. Uçinçi bosqiçda jamğarmadan ajratilgan pullar va homiylar tomonidan berilgan mablağlar asosida oziq-ovqat mahsulotlari töplamlari tayyorlanmoqda.
Sönggi bosqiçda esa mahsulotlar ehtiyojmand oilalarning xonadonlariga yetkazib beriladi», dedi Sodiqjon Turdiyev Xalqaro press-klubning 20 iyuldagi sessiyasida.
XPK moderatori Şerzod Qudratxöjayevning Yoşlar işlari agentligi rahbari Alişer Sa'dullayevga asoslangan holda ma'lum qilişiça, Homiylik xayriyalarini muvofiqlaştiriş va volontyorlik markazlariga 14 iyuldan 19 iyulgaça bölgan vaqt mobaynida oziq-ovqat mahsulotlari uçun yordam sörab 38 716ta murojaat kelib tuşgan.
Uşbu markazlarda 2888 nafar yoşlar koll-markazlarda murojaatlarni qabul qiliş, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş uçun köngillilik asosida işlaşmoqda.
Hozirgaça 68 279 nafar yordamga muhtoj oilaga markaz orqali yordam berilgan.











