Bayonotda ta'kidlanişiça, avtoritar rejimlar pandemiya keltirib çiqarayotganidek inqirozga qarşi oqilona kuraşişga qodir emas. Inqirozdan töğri çiqib ketiş imkoniyati demokratik jamiyatlarda yuqoriroqdir.

«Inson huquqlari, fundamental erkinliklar, demokratik institutlar hamda qonun ustuvorligi hurmat qilinadigan va himoya etiladigan jamiyatlarda inqirozlarga qarşi şaffof va samarali javob çoralarini köriş imkoniyati eng yuqori darajada böladi.

[...] Hukumatlar COVID-19`ga qarşi çoralar qabul qilar ekan, kasallikdan şaxslar yoki ğoyalarni repressiya qiliş vositasi sifatida foydalanmasligi kerak», – deyiladi Qöşma Ştatlar taşqi siyosat idorasi bildirişida.

Bayonotda yuqoridagi nuqtayi nazardan kelib çiqqan holda, AQŞ pandemiya davrida 16ta davlatda inson huquq va erkinliklariga rioya etilişi böyiça hozirgaça qanday çoralar körib borgani sanab ötilgan.

Ular qatorida sobiq ittifoq respublikalaridan Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon, Moldova va Özbekiston ham bor.

Qayd etilişiça, AQŞ Rossiyaning pandemiyaga qarşi çoralarga doir maqolalarni senzura qilayotgani va Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovning pandemiyani yoritayotgan ikki jurnalistga tahdidini qoralagan.

Şuningdek, amerikalik diplomatlar Ukrainada etnik ozçilik qatlam – lölilarga qarşi aytilgan fikrlarga qarşi çiqqan: Ivano-Frankovsk şahri meri lölilar karantinni mensimayotganini aytib, ularni şahardan çiqarib yuborişni taklif qilgandi.

Ozarboyjonda esa AQŞ Davlat departamenti amaldorlarni COVID-19`ga qarşi körilayotgan çoralar fuqarolik jamiyati va muxolifatning ovozini böğiş uçun urinişga aylanib ketmasligiga çaqirgan. Amerika tomoniga köra, ozar davlat idoralari hukumatni tanqid qilgan muxolifat a'zolari va boşqalarni ta'qib qilib, bir holatda ana şunday şaxslardan biri psixiatriya kasalxonasiga yotqizilgan.

Bildirilişiça, Moldovada Amerika vakillari jurnalistlarning xavfsiz tarzda işlaşda davom etişlari uçun 5ta mahalliy OAV vakillarini niqoblar, qölqoplar, qöl uçun antiseptiklar bilan ta'minlaşgan.